AI Development

KURS NOYABR OYIDA BOSHLANADI
XALQARO SERTIFIKAT

AI Development

Sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish — massivlarni qayta ishlash, prediktiv modellash va vizuallashtirishgacha bo‘lgan ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

-12%
30 noyabrgacha

Sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish — massivlarni qayta ishlash, prediktiv modellash va vizuallashtirishgacha bo‘lgan ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

2025 yilgi dastur — mavzular har 6 oyda yangilanadi

Darsdan tashqari mentor yordami — mentorlar darslar oralig‘ida ham savollarga javob berishadi

Haqiqiy keyslar tahlili — amaliy vazifalar real tijorat loyihalaridan olinadi

Git-portfoliolingiz uchun 2 ta loyiha — o‘qish yakunida tayyor repozitoriyalar

Kurs haqida

11 500 000 so‘m
O‘qish formati
Kurs gibrid formatda o‘tkaziladi — IT Parkda an’anaviy (offline) yoki O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan online tarzda qatnashish mumkin. O‘zingizga qulay formatni tanlang va qulay sharoitda o‘qishni boshlang.
O‘quv materiallari
Ta’lim uchun kerakli barcha materiallar o‘z vaqtida yetkaziladi — tarqatmalar, topshiriqlar va yordamchi materiallar bevosita mentorlar tomonidan beriladi.
Aloqa oddiy va tushunarli: hammasi jonli muloqot va messenjerlar orqali amalga oshiriladi.
Mentorlar va qo‘llab-quvvatlash jamoasi
Kurs mentorlari — bu Middle va Senior darajadagi mutaxassislar bo‘lib, ular har kuni O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalarida — EPAM, Uzum, UZCARD, Yandex, Green White Solutions va boshqalarda — real muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi. Ular murakkab mavzularni tushunishga yordam beradi, topshiriqlarni tekshiradi va chuqur fikr-mulohaza bildiradi.

Dars jadvalidan tortib o‘qishni muvofiqlashtirishgacha bo‘lgan barcha tashkiliy ishlarni qo‘llab-quvvatlash jamoasi o‘z zimmasiga oladi, Siz esa e’tiboringizni o‘qish va rivojlanishga qaratishingiz mumkin.
Mahalliy IT-sertifikat
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan
Xalqaro
IT-sertifikat
dunyo bo‘ylab tan olinadi va malakangizni tasdiqlaydi
11 500 000 so‘m
to‘liq kurs, imtihon va sertifikatni o‘z ichiga oladi
Kursning boshlanishi
har oyning 5 va 20 sanalarida
IT Parkda offline / O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan online

Bu kurs kimlar uchun?

AI va dasturlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lmagan yangi boshlovchilar uchun

Kurs sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganishni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. U Python asoslaridan boshlanadi va bosqichma-bosqich zamonaviy AI texnologiyalariga — ma’lumotlarni qayta ishlash, neyron tarmoqlar, shuningdek, o‘z AI-ilovalaringizni yaratishgacha olib boradi. Kurs tuzilmasi texnik tayyorgarlikka ega bo‘lmaganlar uchun ham qulay tarzda o‘qishni ta’minlaydi.

AI sohasiga o‘tmoqchi bo‘lgan IT mutaxassislari uchun

Agar Siz analitik, dasturchi, testlovchi yoki muhandis bo‘lsangiz, ushbu kurs Sizga mashinaviy o‘rganish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va chuqur o‘rganish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Siz AI’ni mavjud loyihalarga integratsiya qilish, vazifalarni avtomatlashtirish, malakangizni oshirish va xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Nimalarni o‘rganasiz?

🧩 Sun’iy intellektni dasturiy ta’minotda qo‘llash

Siz sun’iy intellekt usullarini real vazifalarda qanday qo‘llashni bosqichma-bosqich o‘rganasiz — ML-modellarni sozlashdan tortib, AI-yechimlarni turli xizmatlar va biznes jarayonlariga integratsiya qilishgacha. Kurs davomida amaliy loyihalar ustida ishlaysiz, real кейslarni tahlil qilasiz. Ushbu dastur yangi boshlovchilar uchun ham, AI sohasiga o‘tmoqchi bo‘lgan dasturchilar uchun ham juda mos keladi.

🛠 Amaliy ML va neyron tarmoqlar ko‘nikmalari

Siz Python, TensorFlow, PyTorch va boshqa zamonaviy vositalardan foydalanib modellarni o‘qitish, ma’lumotlarni tozalash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilishni o‘rganasiz. Shuningdek, neyron tarmoqlar (CNN, RNN) qurish, transfer learning qo‘llash, NLP bilan ishlash hamda real loyihalar asosida amaliy tajriba to‘plash imkoniga ega bo‘lasiz.

🤝 Loyihalar va yechimlarni joriy etish

Siz o‘z AI-loyihalaringizni yaratib, modellarni Flask yoki FastAPI orqali joriy qilasiz hamda real foydali ilovalar ishlab chiqasiz. Mentoring jarayoni orqali g‘oyadan tayyor ishlaydigan yechimlargacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘tasiz, amaliy tajriba to‘playsiz va portfoliongizga qo‘shiladigan to‘liq funksional loyihalarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

AI Development texnologik steklari

OpenAI

Python

Pandas

Flask

FastAPI

«AI Development» kursining o‘quv dasturi

1. Sun’iy Intellekt’ga kirish va asosiy tushunchalar

  • Sun’iy intellekt (AI) nima?
  • AI bo‘limlari: Machine Learning, Deep Learning, NLP
  • AI tarixiga nazar va rivojlanish tendensiyalari

2. AI muhitini tayyorlash

  • Python AI uchun asosiy vosita sifatida
  • TensorFlow, PyTorch va scikit-learn kutubxonalari
  • Google Colab va Jupyter Notebook sozlamalari

3. Ma’lumotlar bilan ishlash

  • Ma’lumot to‘plash va tozalash
  • CSV, JSON va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish
  • Pandas va NumPy bilan ma’lumotlarni tahlil qilish

4. Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish

  • Matplotlib va Seaborn kutubxonalari
  • AI uchun muhim bo‘lgan vizualizatsiya texnikalari
  • Ma’lumotlarni tahlil qilish va anomaliyalarni aniqlash

5. Mashinaviy o‘rganish asoslari

  • Machine Learning turlari: Supervised, Unsupervised, Reinforcement Learning
  • Model yaratish jarayoni

6. Supervised Learning algoritmlari

  • Regression va klassifikatsiya
  • Linear Regression va Logistic Regression

7. Unsupervised Learning algoritmlari

  • Clustering (K-Means, DBSCAN)
  • Principal Component Analysis (PCA)

8. Modelni baholash va optimallashtirish

  • Modelni validatsiya qilish (train-test split, cross-validation)
  • Hyperparameter tuning va GridSearchCV

9. Ensembles va Bagging/Boosting

  • Random Forest, AdaBoost, XGBoost
  • Model ansambllari va ularning samaradorligi

10. Reinforcement Learning asoslari

  • Q-Learning va Deep Q Networks (DQN)
  • OpenAI Gym bilan ishlash

11. Neyron tarmoqlarga kirish

  • Neyron tarmoqlar qanday ishlaydi?
  • Aktivatsiya funksiyalari va optimallashtirish

12. TensorFlow va Keras asoslari

  • TensorFlow’da model yaratish
  • Keras yordamida oddiy neyron tarmoq qurish

13. Konvolyutsion neyron tarmoqlar (CNN)

  • CNN tarmoqlari va tasvirni qayta ishlash
  • CNN modelini yaratish va uni sinovdan o‘tkazish

14. Takrorlanuvchi neyron tarmoqlar (RNN) va LSTM

  • Sekvensiyali ma’lumotlarni qayta ishlash
  • LSTM va GRU modellari

15. Generative Adversarial Networks (GANs)

  • GANs nima va qanday ishlaydi?
  • Image generation va StyleGAN texnologiyasi

16. Transfer Learning va Pretrained modellar

  • Pretrained modellar: ResNet, VGG, BERT
  • Transfer learning bilan o‘z modelini yaratish

17. NLP asoslari

  • NLP nima va uning qo‘llanilishi
  • Tokenizatsiya, stemming va lemmatization

18. Sentiment Analysis va matn klassifikatsiyasi

  • NLP uchun sklearn va NLTK kutubxonalari
  • Sentiment analysis modelini yaratish

19. Transformer modellar va BERT

  • Transformer modellar nima?
  • BERT modelini qo‘llash

20. Chatbot va AI Assistant yaratish

  • Seq2Seq va Encoder-Decoder modellar
  • Rasa va Dialogflow bilan chatbot yaratish

21. AI modelini Deployment qilish

  • Flask va FastAPI bilan AI modelini web’ga chiqarish
  • Streamlit bilan AI dasturlarini yaratish

22. AI etikasi va xavfsizlik

  • AI algoritmlarida bias va diskriminatsiya
  • AI tizimlarining xavfsizligi va muammolar

23. Real AI loyihasi ustida ishlash

  • AI amaliy tadqiqoti va case study
  • Loyihani yakunlash va natijalarni taqdim etish

24. Sertifikat imtihoniga tayyorlanish

  • AI xalqaro sertifikatlari haqida
  • Imtihon savollari va namunaviy testlar
Savollar qoldimi? Ularga javob berishga tayyormiz!
Savollar qoldimi? Ularga javob berishga tayyormiz!

Kurs narxi

11 500 000 so‘m
13 000 000 so‘m
to‘liq kurs narxi
2 oy | 24 ta dars
Kursning boshlanish sanasi — 16 noyabr
  • O‘qitish formati: an’anaviy (offline) yoki online
  • Har bir o‘quv guruhi uchun alohida yopiq guruh
  • Darslar davlat axborot tizimlariga moslashtirilgan
  • Amaliy loyiha ustida ishlash
  • O‘quv materiallariga cheksiz kirish
  • Rasmiy sertifikat

To‘lov usullari

Xalqaro IT-sertifikat

Kursni yakunlaganingizdan so‘ng Siz xalqaro sertifikatga ega bo‘lasiz, u Sizning tayyorgarlik darajangiz va amaliy ko‘nikmalaringizni tasdiqlaydi. Bu Siz shunchaki o‘qimaganingizni, balki zaruriy vositalarni haqiqatan ham o‘zlashtirganingizni ko‘rsatadi.

Sertifikatni LinkedIn profiliga biriktirish mumkin, shuningdek, u malaka oshirish hujjati sifatida hisobotlarda yoki ichki attestatsiyada ishlatilishi mumkin.

IT Loyihalar Logo

Bizning ta’lim dasturlarimiz «Raqamli O‘zbekiston – 2030» davlat strategiyasi (PQ-6079)ni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga hamda davlat organlari, banklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan. Biz zamonaviy talablar bilan mos keladigan raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatamiz va bu bilimlarni darhol ish jarayonida qo‘llash imkonini beramiz.

Biz mutaxassislarni real raqamli ish muhitiga tayyorlaymiz — hozirdanoq samaradorlikni oshiradigan vositalar bilan ishlashga yo‘naltiramiz.

Biz 1 100+ davlat xizmatchilarini
o‘qitdik

Uzairways Uzairways
Ўзбекнефтгаз Ўзбекнефтгаз
Hududgazta’minot Hududgazta’minot
ОБСЕ ОБСЕ
USAID USAID
Tashqi ishlar vazirligi tizimi Tashqi ishlar vazirligi tizimi
World Medicine World Medicine
The Branch of the University of Pisa in Tashkent The Branch of the University of Pisa in Tashkent
Uzairways Uzairways
Ўзбекнефтгаз Ўзбекнефтгаз
Hududgazta’minot Hududgazta’minot
Tashqi ishlar vazirligi tizimi Tashqi ishlar vazirligi tizimi
ОБСЕ ОБСЕ
World Medicine World Medicine
USAID USAID
The Branch of the University of Pisa in Tashkent The Branch of the University of Pisa in Tashkent
Uztechtrade Uztechtrade
Toshshahartransxizmat Toshshahartransxizmat
АГМК АГМК
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Узметкомбинат Узметкомбинат
Turonbank Turonbank
Turkiy xalqlar Turkiy xalqlar
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Navoiyazot Navoiyazot
Hududiy elektr tarmoqlari Hududiy elektr tarmoqlari

Ko‘p beriladigan savollar

O‘qitish an’anaviy (offline) yoki online formatda o‘tkaziladi. Har ikkala holatda ham darslar jonli tarzda, real vaqt rejimida mentorlar tomonidan olib boriladi.

Buyurtmachining xohishiga qarab, kurslar o‘zbek yoki rus tilida olib boriladi.

Ha, ushbu kurslar to‘liq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga mos keladi. Dasturlar raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan.

O‘qitish faqat yuridik shaxslarga taqdim etiladi — vazirliklar, davlat byudjeti va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat va davlat banklariga.

Davlat tashkilotlari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha shartnomalarni xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz yoki cooperation.uz davlat xaridlari elektron tizimi orqali tuzishlari mumkin.

Bu rasmiy, shaffof va yuridik jihatdan to‘g‘ri hamkorlik shaklini ta’minlaydi.

To‘lov kurs yakunlangach, rasmiy sertifikatlar topshirilgandan so‘ng 100% miqdorda amalga oshiriladi. Bu tashkilotlar uchun qo‘shimcha kafolat hisoblanadi.

Kurs muvaffaqiyatli tugallangach va yakuniy imtihon topshirilgandan so‘ng, tinglovchilarga xalqaro sertifikatlar beriladi.

Shuningdek, barcha tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahalliy sertifikatni ham olishadi.

An’anaviy (offline) mashg‘ulotlar uchun barcha jihozlar joyida taqdim etiladi. Online format uchun esa ishtirokchilarda internetga ulangan kompyuter yoki noutbuk bo‘lishi kerak.

Savollar qoldimi?

Tugmani bosish orqali Siz oferta shartlariga va shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik berasiz.

Savollar qoldimi? Ularga javob berishga tayyormiz!