Business Intelligence (BI)
KURS NOYABR OYIDA BOSHLANADI
XALQARO SERTIFIKAT

Business Intelligence (BI)

Power BI kabi vositalar — ma’lumotlarni tahlil qilish, dashboardlar yaratish, vizuallashtirish va biznes qarorlarini asoslash bo‘yicha asosiy bilimlar.

-12%
30 noyabrgacha

Power BI kabi vositalar — ma’lumotlarni tahlil qilish, dashboardlar yaratish, vizuallashtirish va biznes qarorlarini asoslash bo‘yicha asosiy bilimlar.

2025 yilgi dastur — mavzular har 6 oyda yangilanadi

Darsdan tashqari mentor yordami — mentorlar darslar oralig‘ida ham savollarga javob berishadi

Haqiqiy keyslar tahlili — amaliy vazifalar real tijorat loyihalaridan olinadi

Git-portfoliolingiz uchun 2 ta loyiha — o‘qish yakunida tayyor repozitoriyalar

Kurs haqida

8 500 000 so‘m
O‘qish formati
Kurs gibrid formatda o‘tkaziladi — IT Parkda an’anaviy (offline) yoki O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan online tarzda qatnashish mumkin. O‘zingizga qulay formatni tanlang va qulay sharoitda o‘qishni boshlang.
O‘quv materiallari
Ta’lim uchun kerakli barcha materiallar o‘z vaqtida yetkaziladi — tarqatmalar, topshiriqlar va yordamchi materiallar bevosita mentorlar tomonidan beriladi.
Aloqa oddiy va tushunarli: hammasi jonli muloqot va messenjerlar orqali amalga oshiriladi.
Mentorlar va qo‘llab-quvvatlash jamoasi
Kurs mentorlari — bu Middle va Senior darajadagi mutaxassislar bo‘lib, ular har kuni O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalarida — EPAM, Uzum, UZCARD, Yandex, Green White Solutions va boshqalarda — real muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi. Ular murakkab mavzularni tushunishga yordam beradi, topshiriqlarni tekshiradi va chuqur fikr-mulohaza bildiradi.

Dars jadvalidan tortib o‘qishni muvofiqlashtirishgacha bo‘lgan barcha tashkiliy ishlarni qo‘llab-quvvatlash jamoasi o‘z zimmasiga oladi, Siz esa e’tiboringizni o‘qish va rivojlanishga qaratishingiz mumkin.
Mahalliy IT-sertifikat
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan
Xalqaro
IT-sertifikat
dunyo bo‘ylab tan olinadi va malakangizni tasdiqlaydi
11 500 000 so‘m
to‘liq kurs, imtihon va sertifikatni o‘z ichiga oladi
Kursning boshlanishi
har oyning 5 va 20 sanalarida
IT Parkda offline / O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan online

Bu kurs kimlar uchun?

Business Intelligence mutaxassisi bo‘lishni xohlayotganlar uchun

Agar Siz ma’lumotlarni tahlil qilish, vizualizatsiya qilish va biznes qarorlarini qabul qilishda yordam beruvchi vositalarni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bu kurs aynan Siz uchun. Siz Power BI, Tableau, SQL va Excel kabi vositalarni chuqur o‘rganasiz va real biznes jarayonlari asosida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirasiz.

Biznes, IT, moliya va boshqa sohalardagi mutaxassislar uchun

Business Intelligence kursi nafaqat yangi boshlovchilar, balki o‘z sohasida ma’lumotlardan samarali foydalanmoqchi bo‘lgan amaldagi mutaxassislar uchun ham mos. Agar Siz biznes, IT, moliya yoki marketing sohasida ishlasangiz — bu kurs orqali ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, jarayonlarni optimallashtirish va strategik rejalashtirish bo‘yicha ilg‘or vositalarni o‘zlashtirasiz.

Nimalarni o‘rganasiz?

🧩 BI tahlil va vizualizatsiya asoslari

Siz Power BI, Tableau, Excel va SQL kabi BI vositalari bilan ishlashni o‘zlashtirasiz, ma’lumotlarni yig‘ish, integratsiya qilish va tahlilga tayyorlashni o‘rganasiz. Bu ko‘nikmalar asosiy ko‘rsatkichlarni vizualizatsiya qilish, natijalarni tushunarli ko‘rinishda taqdim etish va biznes qarorlarini asosli qabul qilish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

🛠 Interaktiv dashboard va hisobotlar yaratish

Siz hisobotlar va interaktiv dashboardlar yaratishni, DAX hamda turli vizual elementlardan foydalanib samarali hisobotlar tayyorlashni o‘rganasiz. Shuningdek, ma’lumotlarni to‘g‘ri vizualizatsiya qilish, asosiy ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish va tahlil natijalarini tushunarli shaklda taqdim etish orqali jamoa hamda rahbariyatga qaror qabul qilishda yordam berish ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.

🤝 BI'dan qarorlar va loyihalarda foydalanish

Siz BI loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba orttirasiz: ma’lumotlarni tayyorlash, KPIlarni hisoblash, ETL jarayonlarini avtomatlashtirish va ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish. Bu bilim va ko‘nikmalar real biznes vazifalarida hamda portfolio yaratishda juda asqotadi.

Business Intelligence texnologik steklari

BI

Excel

Google DS

Metabase

SQLite

«Business Intelligence» kursining o‘quv dasturi

1. Business Intelligence (BI) va uning ahamiyati

  • BI konsepsiyasi va ahamiyati
  • BI vositalari: Power BI, Tableau, SQL, Excel

2. Ma’lumotlar bazasining tuzilishi va SQL so‘rov tili

  • Relyatsion ma’lumotlar bazasi (RDBMS)
  • SQL asoslari: SELECT, JOIN, GROUP BY

3. Ma’lumotlarni integratsiya qilish

  • Data Warehousing va ETL jarayonlari
  • OLTP va OLAP farqlari

4. BI jarayonlarini avtomatlashtirish

  • Ma’lumotlarni avtomatik yuklash va yangilash
  • Data Pipeline yaratish

5. Power BI’ga kirish

  • Power BI interfeysi va asosiy komponentlari
  • Data Connection va Data Transformation

6. Power Query asoslari

  • Ma’lumotlarni tozalash va transformatsiya qilish
  • Power Query yordamida ETL jarayoni

7. Power BI vizualizatsiya vositalari

  • Bar, Line, Pie Charts va KPI indikatorlari
  • Drill-through va Interactive Reports

8. DAX formulalari bilan ishlash

  • DAX (Data Analysis Expressions) tili
  • O‘zgaruvchilar va hisob-kitoblar

9. Power BI’da dashboardlar yaratish

  • Dynamic filtering va slicer’lar
  • Live dashboard yaratish

10. Power BI Server va Cloud integratsiyasi

  • Power BI Service va Power BI Report Server
  • Ma’lumotlarni real vaqtda yangilash

11. Tableau’ga kirish

  • Tableau Desktop va Tableau Public
  • Data Source Connection va ma’lumotlarni yuklash

12. Tableau’da ma’lumotlarni filtrlash

  • Basic va Advanced filters
  • Sets va Parameters bilan ishlash

13. Tableau diagrammalari va grafiklari

  • Bar, Line, Heatmap va Scatter Plots
  • Dual Axis Charts va Custom Charts

14. Tableau Calculated Fields va LOD Expressions

  • Basic Calculations va Aggregation
  • Level of Detail (LOD) Expressions

15. Tableau’da dashboardlar yaratish

  • Dashboard actions va Interactivity
  • Mobile Responsive Dashboard yaratish

16. Tableau Server va Cloud integratsiyasi

  • Tableau Online va Tableau Server
  • Data Scheduling va Automation

17. Excel BI va ma’lumotlar tahlili

  • Excel Pivot Tables va Pivot Charts
  • Power Pivot va Power Query

18. Excelda dashbordlar yaratish

  • Interactive Dashboardlar
  • Excel VBA orqali BI jarayonlarini avtomatlashtirish

19. Data Visualization va Storytelling

  • Samarali ma’lumot vizualizatsiyasi tamoyillari
  • Data storytelling bo‘yicha amaliy misollar

20. BI va AI (Sun’iy intellekt) integratsiyasi

  • BI vositalari yordamida AI model yaratish
  • Predictive Analytics va Business Forecasting

21. BI loyihasi uchun ma’lumotlarni tayyorlash

  • Data Cleaning va Transformation strategiyalari
  • Big Data va Cloud BI

22. Business KPI va Performance Measurement

  • Business Performance Indicator’larni hisoblash
  • Key Metrics va Dashboard Reporting

23. Real loyihada BI vositalari orqali qarorlar qabul qilish

  • Data-driven qarorlar misollar bilan
  • Amaliy Case Study

24. BI sertifikati uchun tayyorlanish

  • BI xalqaro sertifikati haqida umumiy tushuncha
  • Imtihon formatlari va namunaviy savollar
Savollar qoldimi? Ularga javob berishga tayyormiz!
Savollar qoldimi? Ularga javob berishga tayyormiz!

Kurs narxi

11 500 000 so‘m
13 000 000 so‘m
to‘liq kurs narxi
2 oy | 24 ta dars
Kursning boshlanish sanasi — 16 noyabr
  • O‘qitish formati: an’anaviy (offline) yoki online
  • Har bir o‘quv guruhi uchun alohida yopiq guruh
  • Darslar davlat axborot tizimlariga moslashtirilgan
  • Amaliy loyiha ustida ishlash
  • O‘quv materiallariga cheksiz kirish
  • Rasmiy sertifikat

To‘lov usullari

Xalqaro IT-sertifikat

Kursni yakunlaganingizdan so‘ng Siz xalqaro sertifikatga ega bo‘lasiz, u Sizning tayyorgarlik darajangiz va amaliy ko‘nikmalaringizni tasdiqlaydi. Bu Siz shunchaki o‘qimaganingizni, balki zaruriy vositalarni haqiqatan ham o‘zlashtirganingizni ko‘rsatadi.

Sertifikatni LinkedIn profiliga biriktirish mumkin, shuningdek, u malaka oshirish hujjati sifatida hisobotlarda yoki ichki attestatsiyada ishlatilishi mumkin.

IT Loyihalar Logo

Bizning ta’lim dasturlarimiz «Raqamli O‘zbekiston – 2030» davlat strategiyasi (PQ-6079)ni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga hamda davlat organlari, banklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan. Biz zamonaviy talablar bilan mos keladigan raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatamiz va bu bilimlarni darhol ish jarayonida qo‘llash imkonini beramiz.

Biz mutaxassislarni real raqamli ish muhitiga tayyorlaymiz — hozirdanoq samaradorlikni oshiradigan vositalar bilan ishlashga yo‘naltiramiz.

Biz 1 100+ davlat xizmatchilarini
o‘qitdik

Uzairways Uzairways
НГМК НГМК
Ўзбекнефтгаз Ўзбекнефтгаз
Центральный банк Республики Узбекистан Центральный банк Республики Узбекистан
Hududgazta’minot Hududgazta’minot
ОБСЕ ОБСЕ
USAID USAID
Tashqi ishlar vazirligi tizimi Tashqi ishlar vazirligi tizimi
World Medicine World Medicine
The Branch of the University of Pisa in Tashkent The Branch of the University of Pisa in Tashkent
Uzairways Uzairways
НГМК НГМК
Ўзбекнефтгаз Ўзбекнефтгаз
Центральный банк Республики Узбекистан Центральный банк Республики Узбекистан
Hududgazta’minot Hududgazta’minot
Tashqi ishlar vazirligi tizimi Tashqi ishlar vazirligi tizimi
ОБСЕ ОБСЕ
World Medicine World Medicine
USAID USAID
The Branch of the University of Pisa in Tashkent The Branch of the University of Pisa in Tashkent
Uztechtrade Uztechtrade
Toshshahartransxizmat Toshshahartransxizmat
АГМК АГМК
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Узметкомбинат Узметкомбинат
Turonbank Turonbank
Turkiy xalqlar Turkiy xalqlar
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Navoiyazot Navoiyazot
Hududiy elektr tarmoqlari Hududiy elektr tarmoqlari

Ko‘p beriladigan savollar

O‘qitish an’anaviy (offline) yoki online formatda o‘tkaziladi. Har ikkala holatda ham darslar jonli tarzda, real vaqt rejimida mentorlar tomonidan olib boriladi.

Buyurtmachining xohishiga qarab, kurslar o‘zbek yoki rus tilida olib boriladi.

Ha, ushbu kurslar to‘liq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga mos keladi. Dasturlar raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan.

O‘qitish faqat yuridik shaxslarga taqdim etiladi — vazirliklar, davlat byudjeti va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat va davlat banklariga.

Davlat tashkilotlari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha shartnomalarni xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz yoki cooperation.uz davlat xaridlari elektron tizimi orqali tuzishlari mumkin.

Bu rasmiy, shaffof va yuridik jihatdan to‘g‘ri hamkorlik shaklini ta’minlaydi.

To‘lov kurs yakunlangach, rasmiy sertifikatlar topshirilgandan so‘ng 100% miqdorda amalga oshiriladi. Bu tashkilotlar uchun qo‘shimcha kafolat hisoblanadi.

Kurs muvaffaqiyatli tugallangach va yakuniy imtihon topshirilgandan so‘ng, tinglovchilarga xalqaro sertifikatlar beriladi.

Shuningdek, barcha tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahalliy sertifikatni ham olishadi.

An’anaviy (offline) mashg‘ulotlar uchun barcha jihozlar joyida taqdim etiladi. Online format uchun esa ishtirokchilarda internetga ulangan kompyuter yoki noutbuk bo‘lishi kerak.

Savollar qoldimi?

Tugmani bosish orqali Siz oferta shartlariga va shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik berasiz.

Savollar qoldimi? Biz mamnuniyat bilan javob beramiz!