C++ developer
KURS NOYABR OYIDA BOSHLANADI
XALQARO SERTIFIKAT

C++ developer

C++ tilining ilg‘or imkoniyatlari — ma’lumot tuzilmalari, algoritmlar, xotira, ko‘rsatkichlar va tizimli dasturlashda multithreading bilan ishlashgacha.

-12%
30 noyabrgacha

C++ tilining ilg‘or imkoniyatlari — ma’lumot tuzilmalari, algoritmlar, xotira, ko‘rsatkichlar va tizimli dasturlashda multithreading bilan ishlashgacha.

2025 yilgi dastur — mavzular har 6 oyda yangilanadi

Darsdan tashqari mentor yordami — mentorlar darslar oralig‘ida ham savollarga javob berishadi

Haqiqiy keyslar tahlili — amaliy vazifalar real tijorat loyihalaridan olinadi

Git-portfoliolingiz uchun 2 ta loyiha — o‘qish yakunida tayyor repozitoriyalar

Kurs haqida

8 800 000 so‘m
O‘qish formati
Kurs gibrid formatda o‘tkaziladi — IT Parkda an’anaviy (offline) yoki O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan online tarzda qatnashish mumkin. O‘zingizga qulay formatni tanlang va qulay sharoitda o‘qishni boshlang.
O‘quv materiallari
Ta’lim uchun kerakli barcha materiallar o‘z vaqtida yetkaziladi — tarqatmalar, topshiriqlar va yordamchi materiallar bevosita mentorlar tomonidan beriladi.
Aloqa oddiy va tushunarli: hammasi jonli muloqot va messenjerlar orqali amalga oshiriladi.
Mentorlar va qo‘llab-quvvatlash jamoasi
Kurs mentorlari — bu Middle va Senior darajadagi mutaxassislar bo‘lib, ular har kuni O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalarida — EPAM, Uzum, UZCARD, Yandex, Green White Solutions va boshqalarda — real muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi. Ular murakkab mavzularni tushunishga yordam beradi, topshiriqlarni tekshiradi va chuqur fikr-mulohaza bildiradi.

Dars jadvalidan tortib o‘qishni muvofiqlashtirishgacha bo‘lgan barcha tashkiliy ishlarni qo‘llab-quvvatlash jamoasi o‘z zimmasiga oladi, Siz esa e’tiboringizni o‘qish va rivojlanishga qaratishingiz mumkin.
Mahalliy IT-sertifikat
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan
Xalqaro
IT-sertifikat
dunyo bo‘ylab tan olinadi va malakangizni tasdiqlaydi
8 800 000 so‘m
to‘liq kurs, imtihon va sertifikatni o‘z ichiga oladi
Kursning boshlanishi
har oyning 5 va 20 sanalarida
IT Parkda offline / O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan online

Bu kurs kimlar uchun?

Dasturlashni noldan boshlayotganlar uchun

Ushbu kurs dasturlash bilan endi tanishayotgan, lekin C++ kabi kuchli va keng qo‘llaniladigan tilni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Kursning dastlabki darslari asosiy tushunchalar bilan boshlab, murakkab mavzulargacha yetaklaydi.

Tizimga yaqin loyihalar uchun

Agar Siz tizim dasturlash, o‘yin dvigatellari, mikrokontrollerlar yoki samarali Backend tizimlar bilan ishlamoqchi bo‘lsangiz, C++ aynan Siz uchun. Bu kurs Sizga real loyihalar yaratish va professional C++ dasturchiga aylanish yo‘lida zarur poydevorni beradi.

Nimalarni o‘rganasiz?

🧩 Kod qanday ishlashini tushunish

Siz kod satrlari ortida nima turganini tushunib olasiz: o‘zgaruvchilar, shartlar, sikllar, funksiyalar va klasslar qanday ishlashini o‘rganasiz. Dastur qismlari qanday bog‘langanini tushunasiz va dasturchi kabi fikrlashni o‘zlashtirasiz — mantiqiy, bosqichma-bosqich va tuzilmaviy tarzda. Bu bilimlar har qanday IT-soha uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

🛠 Loyihalarni noldan yaratish

Siz g‘oyalarni ishlaydigan loyihalarga aylantirishni o‘rganasiz — oddiy avtomatlashtirishdan tortib to‘liq funksional veb-ilovagacha. Mentorlar Sizni butun jarayon bo‘ylab olib borishadi: vazifani qo‘yish, kod yozish, nosozliklarni tuzatish va taqdimot qilish. Yaratgan barcha loyihalaringiz portfoliolingizda qoladi va karyera yo‘lingizni ishonchli boshlashga yordam beradi.

🤝 Jamoa va texnik topshiriq bilan ishlash

Siz real IT-loyihalarda jamoa bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘zlashtirasiz. Texnik topshiriqni o‘qish va tushunishni, vazifalarni kelishishni, o‘zgartirishlar kiritishni va boshqa ishtirokchilar bilan samarali muloqot qilishni o‘rganasiz. Har bir bosqichda mentorlar Sizga real ishdagi kabi fikr-mulohaza bildiradilar.

C++ texnologik steklari

C++

Git

Linux

TypeScript

Kubernetes

«C++ developer» kursining o‘quv dasturi

1. Kirish: C++ nima?

  • C++ tarixi va qo‘llanish sohasi
  • C++ dastur tuzilmasi
  • Hello World va kompilyatsiya jarayoni

2. O‘zgaruvchilar va ma’lumot turlari

  • Asosiy Data turlar
  • Kiritish/chiqarish (cin, cout)
  • const, auto, typeid

3. Operatorlar va ifodalar

  • Arifmetik, mantiqiy, taqqoslash operatorlari
  • Murakkab ifodalar
  • sizeof, comma, ternary operatori

4. Shartli konstruktsiyalar

  • if, else, switch
  • Nested conditions
  • Real hayotdan shartli misollar

5. Takrorlanish operatorlari

  • for, while, do-while
  • break, continue
  • Iterator misollar

6. Massivlar va matnlar bilan ishlash

  • Bir o‘lchovli massivlar
  • char massivlar va string
  • Array amaliyotlari

7. Funksiyalar

  • Prototip, chaqirish va aniqlash
  • Parametrlar: qiymat, manzil orqali
  • Rekursiya misollari

8. Fayllar bilan ishlash

  • fstream, ifstream, ofstream
  • Faylga yozish/o‘qish
  • Real fayl ishlovchi dastur

9. Ko‘rsatkichlar (pointers)

  • Manzil tushunchasi
  • *, &, nullptr
  • Pointer + massiv

10. Dinamik xotira

  • new, delete
  • Dinamik massivlar
  • Memory leak va profiling

11. Kirish: OOP va sinflar

  • Class va object tushunchasi
  • Constructor va destructor
  • this kalit so‘zi

12. Inkapsulyatsiya va ma’lumotlarni yashirish

  • private, public, protected
  • Getter/setter metodlar
  • Real obyekt modeli

13. Meros olish (Inheritance)

  • Base va derived class
  • protected xususiyat
  • is-a munosabat

14. Polimorfizm

  • Virtual funksiyalar
  • Overriding, overloading
  • Pure virtual, abstract class

15. Kompozitsiya va agregatsiya

  • has-a munosabat
  • Ob'ektlar ichida ob'ektlar
  • UML diagrammalari

16. Operatorlarni overloading qilish

  • +, ==, <<,>>
  • Dasturiy misollar
  • Overload qilishdagi cheklovlar

17. Friend funksiyalar va sinflar

  • Friend funksiyalar
  • Yordamchi sinflar
  • Amaliy holatlar

18. Statik a’zolar va funksiyalar

  • static a’zolar
  • Statik sanash, umumiy holat
  • Singleton pattern kirish

19. Shablonlar (Templates)

  • Funksiya va class templates
  • typename vs class
  • Generic dasturlar

20. Istisnolarni ushlash (Exception Handling)

  • try, catch, throw
  • Maxsus exception klasslar
  • Amaliy xatoliklarni ushlash

21. Standard Template Library (STL)

  • vector, list, map, set
  • Iteratorlar
  • algorithm kutubxonasi

22. Lambda funksiyalar

  • Sintaksis va foydalanish
  • STL bilan lambda
  • Funksiya obyektlari

23. C++11/14/17 yangi imkoniyatlar

  • auto, nullptr, range-based for
  • move semantics, unique_ptr, shared_ptr
  • constexpr, decltype

24. Namespaces va fayl tuzilmalari

  • namespace yaratish
  • Fayllar bo‘yicha mo‘dullashtirish
  • Header va source fayllar

25. Multithreading kirish

  • Thread yaratish
  • Mutex va lock
  • Parallel hisoblash

26. C bilan integratsiya

  • extern "C"
  • Legacy kodni qo‘llash
  • C kutubxonalarni chaqirish

27–32. Amaliy loyihalar (har biri alohida loyiha)

  • Konsol kalkulyatori
  • Talabalar ro‘yxati bilan CRUD dasturi
  • Mini fayl menejer
  • Mijoz-menejer tizimi
  • Matnni analiz qiluvchi dastur
  • Oddiy o‘yin (Guess the Number yoki Tic Tac Toe)

34. Qayta takrorlash va bilimlarni mustahkamlash

  • Savol-javob
  • Sinf asosida kod yozish
  • Nazariy testlar

35. Mini imtihon va laboratoriya ishlari

  • 2 ta nazariy test
  • 2 ta amaliy topshiriq
  • Kod sharhlash

36. Sertifikatlash savollarini ko‘rib chiqish

  • Xalqaro C++ testlari misollari
  • Common traps and errors
  • Performance optimization

37. Yakuniy loyiha taqdimoti

  • Har bir talaba loyiha taqdim etadi
  • Kodni tushuntirish
  • Baholash va fikr-mulohaza
Savollar qoldimi? Ularga javob berishga tayyormiz!
Savollar qoldimi? Ularga javob berishga tayyormiz!

Kurs narxi

8 800 000 so‘m
10 000 000 so‘m
to‘liq kurs narxi
3 oy | 36 ta dars
Kursning boshlanish sanasi — 16 noyabr
  • O‘qitish formati: an’anaviy (offline) yoki online
  • Har bir o‘quv guruhi uchun alohida yopiq guruh
  • Darslar davlat axborot tizimlariga moslashtirilgan
  • Amaliy loyiha ustida ishlash
  • O‘quv materiallariga cheksiz kirish
  • Rasmiy sertifikat

To‘lov usullari

Xalqaro IT-sertifikat

Kursni yakunlaganingizdan so‘ng Siz xalqaro sertifikatga ega bo‘lasiz, u Sizning tayyorgarlik darajangiz va amaliy ko‘nikmalaringizni tasdiqlaydi. Bu Siz shunchaki o‘qimaganingizni, balki zaruriy vositalarni haqiqatan ham o‘zlashtirganingizni ko‘rsatadi.

Sertifikatni LinkedIn profiliga biriktirish mumkin, shuningdek, u malaka oshirish hujjati sifatida hisobotlarda yoki ichki attestatsiyada ishlatilishi mumkin.

IT Loyihalar Logo

Bizning ta’lim dasturlarimiz «Raqamli O‘zbekiston – 2030» davlat strategiyasi (PQ-6079)ni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga hamda davlat organlari, banklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan. Biz zamonaviy talablar bilan mos keladigan raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatamiz va bu bilimlarni darhol ish jarayonida qo‘llash imkonini beramiz.

Biz mutaxassislarni real raqamli ish muhitiga tayyorlaymiz — hozirdanoq samaradorlikni oshiradigan vositalar bilan ishlashga yo‘naltiramiz.

Biz 1 100+ davlat xizmatchilarini
o‘qitdik

Uzairways Uzairways
НГМК НГМК
Ўзбекнефтгаз Ўзбекнефтгаз
Центральный банк Республики Узбекистан Центральный банк Республики Узбекистан
Hududgazta’minot Hududgazta’minot
ОБСЕ ОБСЕ
USAID USAID
Tashqi ishlar vazirligi tizimi Tashqi ishlar vazirligi tizimi
World Medicine World Medicine
The Branch of the University of Pisa in Tashkent The Branch of the University of Pisa in Tashkent
Uzairways Uzairways
НГМК НГМК
Ўзбекнефтгаз Ўзбекнефтгаз
Центральный банк Республики Узбекистан Центральный банк Республики Узбекистан
Hududgazta’minot Hududgazta’minot
Tashqi ishlar vazirligi tizimi Tashqi ishlar vazirligi tizimi
ОБСЕ ОБСЕ
World Medicine World Medicine
USAID USAID
The Branch of the University of Pisa in Tashkent The Branch of the University of Pisa in Tashkent
Uztechtrade Uztechtrade
Toshshahartransxizmat Toshshahartransxizmat
АГМК АГМК
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Узметкомбинат Узметкомбинат
Turonbank Turonbank
Turkiy xalqlar Turkiy xalqlar
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Navoiyazot Navoiyazot
Hududiy elektr tarmoqlari Hududiy elektr tarmoqlari

Ko‘p beriladigan savollar

O‘qitish an’anaviy (offline) yoki online formatda o‘tkaziladi. Har ikkala holatda ham darslar jonli tarzda, real vaqt rejimida mentorlar tomonidan olib boriladi.

Buyurtmachining xohishiga qarab, kurslar o‘zbek yoki rus tilida olib boriladi.

Ha, ushbu kurslar to‘liq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga mos keladi. Dasturlar raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan.

O‘qitish faqat yuridik shaxslarga taqdim etiladi — vazirliklar, davlat byudjeti va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat va davlat banklariga.

Davlat tashkilotlari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha shartnomalarni xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz yoki cooperation.uz davlat xaridlari elektron tizimi orqali tuzishlari mumkin.

Bu rasmiy, shaffof va yuridik jihatdan to‘g‘ri hamkorlik shaklini ta’minlaydi.

To‘lov kurs yakunlangach, rasmiy sertifikatlar topshirilgandan so‘ng 100% miqdorda amalga oshiriladi. Bu tashkilotlar uchun qo‘shimcha kafolat hisoblanadi.

Kurs muvaffaqiyatli tugallangach va yakuniy imtihon topshirilgandan so‘ng, tinglovchilarga xalqaro sertifikatlar beriladi.

Shuningdek, barcha tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahalliy sertifikatni ham olishadi.

An’anaviy (offline) mashg‘ulotlar uchun barcha jihozlar joyida taqdim etiladi. Online format uchun esa ishtirokchilarda internetga ulangan kompyuter yoki noutbuk bo‘lishi kerak.

Savollar qoldimi?

Tugmani bosish orqali Siz oferta shartlariga va shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik berasiz.

Savollar qoldimi? Biz mamnuniyat bilan javob beramiz!