Mentorlar jamoasi
Bizning mentorlar jamoamiz — bu yetakchi IT-kompaniyalarda ishlash tajribasiga ega, dasturlash, tahlil va loyihalarni boshqarish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega amaliy mutaxassislardir. Ular faqatgina o‘rgatmaydi, balki yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, real holatlardagi tajribalari bilan o‘rtoqlashadi va ishtirokchilarga raqamli sohada ishonchli start olish va o‘sishga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishda yordam beradi.
Mentorlar jamoasi
Bizning mentorlar jamoamiz — bu yetakchi IT-kompaniyalarda ishlash tajribasiga ega, dasturlash, tahlil va loyihalarni boshqarish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega amaliy mutaxassislardir. Ular faqatgina o‘rgatmaydi, balki yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, real holatlardagi tajribalari bilan o‘rtoqlashadi va ishtirokchilarga raqamli sohada ishonchli start olish va o‘sishga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishda yordam beradi.
Cisco CCNA/CCNP Instructor
Dilnoz Xadraliyeva — telekommunikatsiya va axborot xavfsizligi sohasida katta tajribaga ega mutaxassis. Ko‘p yillik amaliyot davomida tarmoq infratuzilmasini boshqarish, tarmoq xavfsizligini ta’minlash, VoIP-yechimlarni joriy etish va yirik tashkilotlardagi texnik loyihalarni muvaffaqiyatli olib borish bilan shug‘ullangan.
Cisco, Juniper, Fortinet kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning uskunalari va texnologiyalari asosida loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Korporativ darajadagi BGP, OSPF, VPN, Quality of Service (QoS), ACL kabi protokol va texnologiyalarni joriy qilgan, ularni ishonchlilik, xavfsizlik va kengayuvchanlik tamoyillari asosida amaliyotga tatbiq etgan.
Tarmoq xavfsizligi va audit, korporativ tarmoqlarni loyihalash va texnik qo‘llab-quvvatlash, marshrutlash va kommutatsiya tizimlarini sozlash, tarmoq monitoringi, VoIP texnologiyalari bilan ishlash hamda Cisco uskunalari asosida texnik loyihalarni amalga oshirish.
Cisco, Juniper, Fortinet, VMware ESXi, Windows Server, Active Directory, PRTG, Radius, TACACS
IT Project Manager
Muxammadamirulloxon Maksumov — 4+ yillik tajribaga ega IT Project Manager bo‘lib, ERP, Fintech, EdTech, MedTech va Telecom yo‘nalishlarida raqamli mahsulotlarni boshqarish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. U biznes ehtiyojlarini texnik yechimlarga aylantirish, jamoalarni samarali boshqarish va mahsulotlarni muvaffaqiyatli yetkazib berishda katta tajribaga ega.
IT loyihalarni boshqarish, biznes tahlil (Business Analysis), Agile va Scrum metodologiyalari, product development, backlog management, stakeholder management, cross-functional team coordination, MVP planning, risk analysis, texnik va biznes jamoalar o‘rtasida ko‘prik bo‘lish.
Jira, Confluence, Notion, Miro, Trello, Linear, Slack, Figma, SQL (basic), BPMN, Kanban, Agile, Scrum, ERP tizimlari (SAP, Odoo)
Cisco CCNA/CCNP Instructor
20 yildan ortiq tajribaga ega IT va telekommunikatsiya mutaxassisi. "Uztelecom" AKda tarmoq infratuzilmasi, xavfsizlik, VoIP va texnik loyihalarni boshqarish yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan. Cisco, Juniper, Fortinet, Huawei kabi yetakchi uskunalar bilan ishlash bo‘yicha katta amaliy tajribaga ega. BGP, OSPF, VPN, Quality of Service (QoS), ACL kabi ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etgan.
Tarmoqlar xavfsizligi, tizim monitoringi, loyiha boshqaruvi, VoIP, WiFi/WiMax, SIEM, Firewall’lar, IT infratuzilmasi optimallashtirish.
Cisco, Fortinet, Juniper, Huawei, VMware ESXi, Windows Server, Active Directory, Python, Docker, IBM QRadar, PRTG, Radius, TACACS, TensorFlow, Keras, OpenCV, Pandas
Data Scientist | Power BI mutaxassisi | AWS sertifikatiga ega dasturchi
Ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy intellekt asosida yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis. Python, Power BI, SQL va AWS kabi vositalar bilan ishlash tajribasiga ega.
Interaktiv dashboardlar va avtomatlashtirilgan hisobotlar ishlab chiqqan, jumladan Upwork freelancing platformasi uchun ham loyihalarda qatnashgan.
Shuningdek, ko‘plab talabalarni Python, mashinali o‘qitish va Data analytics yo‘nalishlarida o‘qitgan — kurslar, workshoplar va mentorlik dasturlari doirasida.
3 yildan ortiq sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari va ma’lumotlar vizualizatsiyasi sohasida professional tajribaga ega.
Python, Power BI, SQL, AWS, Pandas, Scikit-learn
Data Analyst | BI Analyst | Python Developer
Tohir Xudoyqulov — 4+ yillik tajribaga ega data analyst bo‘lib, moliya, fintech va IT sohalarida ma’lumotlarni tahlil qilish, avtomatlashtirish va vizualizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. U katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, ETL jarayonlarini tashkil qilish va biznes qarorlar uchun analitik yechimlar yaratishda kuchli tajribaga ega.
Data analysis, BI analytics, ETL jarayonlar, data visualization, dashboard development, Python-based analytics, data engineering asoslari, DWH, Big Data, A/B testing, biznes metrikalarni tahlil qilish
Python, SQL, PostgreSQL, Oracle, Power BI, Tableau, Apache Superset, Airflow, Pandas, NumPy, Jupyter Notebook, Django, REST API, Celery, Redis, Docker, Linux, Git
Project & Product Management | Agile | Digital Strategy
Loyiha va mahsulot menejeri sifatida keng tajribaga ega. O‘zbekistonning IT sohasi hamda startap ekotizimida faol ishtirok etgan. AIsha AIdagi muhim loyihalarda sun’iy intellekt asosidagi ilg‘or yechimlarni joriy etishda qatnashgan — mijozlarga xizmat ko‘rsatish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ish olib borgan.
Kross-funksional jamoalarni boshqarish, samarali ishlab chiqish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish hamda raqamli mahsulotlarni strategik rivojlantirish bo‘yicha ekspert. Texnologik tafakkur va biznes yondashuvni uyg‘unlashtirib, barqaror natijalarga erishishni maqsad qilgan.
Scrum, Agile, Jira, Trello, Figma, Miro
Machine Learning | Artificial Intelligence | ML-community Uzbekistan Lead
Shahriyor Xudoyberdiyev — O‘zbekistonning sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish sohasidagi yetakchi mutaxassislaridan biri. U aqlli tizimlar yaratish, modellarni o‘qitish, algoritmlar ishlab chiqish va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur tajribaga ega.
U ML-community Uzbekistan rahbari — sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalarni birlashtiruvchi professional hamjamiyat. Xalqaro xakatonlar, ilmiy loyihalar va raqamli transformatsiya tashabbuslarida qatnashgan. Mintaqada open-source va amaliy sun’iy intellekt madaniyatini rivojlantirishda faol.
Mashinali o‘qitish, chuqur o‘qitish, kompyuter ko‘rish texnologiyalari, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), tavsiya tizimlarini yaratish, A/B-testlar, tushuntiriladigan sun’iy intellekt (Explainable AI), ML jarayonlarini avtomatlashtirish (MLOps), modellarning joriy etilishi va amaliy sun’iy intellekt.
Python, TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn, Keras, OpenCV, FastAPI, SQL, Pandas, NumPy, Matplotlib, MLflow, Docker, Git, Jupyter, Hugging Face.
JavaScript | React | TypeScript | Next.js | Frontend Middle Developer
To‘lqin Axmadov — tajribali Frontend dasturchi bo‘lib, turli veb-loyihalarda mustaqil va jamoaviy tarzda yuqori sifatli yechimlar ishlab chiqishda ishtirok etgan. U yakka tartibdagi mijozlar uchun ham, keng ko‘lamli tizimlarda ham zamonaviy texnologiyalar asosida ilovalar yaratgan, shartnoma asosida amalga oshirilgan loyihalarda faol ishtirok etgan.
Vaqtida va to‘liq bajarilgan texnik topshiriqlar, kod sifati va arxitektura yondashuvlariga bo‘lgan e’tibori orqali samarali natijalarga erishgan. Interaktiv, funksional va tezkor web-ilovalarni ishlab chiqishda keng tajriba orttirgan. Har bir loyiha doirasida texnik muammolarni aniqlash, optimallashtirish va takomillashtirish bo‘yicha hal qiluvchi rol o‘ynagan.
Frontend dasturlash, veb-ilovalar arxitekturasi, CRM tizimlari, krossbrauzerlik va responsive dizayn, komponent asosida ishlovchi tizimlar (React, Next.js), kod strukturalash va optimallashtirish, REST API bilan integratsiya, jamoaviy hamkorlik va Git-based ish jarayonlari.
HTML, CSS, JavaScript, Bootstrap, Ajax, jQuery, Git, React.js, Redux, React Router, BEM, React Query, Next.js, TypeScript, Node.js, MongoDB
Fullstack Developer | C++ | Python | AR/VR | Cybersecurity
Muhammad Matchonov — fullstack yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali mutaxassis. Bir nechta yirik loyihalarda Backend va Frontend texnologiyalari asosida kompleks web-ilovalarni ishlab chiqqan. IT Park (2021–2024) doirasida kiberxavfsizlik sohasida ishlab, xavfsiz va barqaror tizimlar arxitekturasini shakllantirishda ishtirok etgan.
Grace Project tarkibida 3D animatsiya, AR/VR mahsulotlar va interaktiv vizual tizimlar ustida ishlagan. IT Jenius loyihasida fullstack yechimlarni ishlab chiqish, foydalananuvchi interfeysi va ma’lumotlar bazasi integratsiyasini boshqargan. U HTML/CSS/JS stack, C++ va Python asosidagi muhandislik yondashuvlar, real-time ilovalar, ma’lumotlar oqimini boshqarish, tizim xavfsizligi va kengayuvchan Backend strukturalar ustida muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega.
Fullstack development, web-arxitektura, Frontend-Backend integratsiyasi, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kiberxavfsizlik, AR/VR interfeyslar, tizimlar avtomatlashtirish, real-time texnologiyalar, mo‘dullararo aloqalar va CI/CD jarayonlari.
C++, C#, C, Python, Java, HTML, CSS, JavaScript, LabView, Blender, Unity, Unreal Engine, Arduino, Raspberry Pi, Docker, Git
Fullstack Developer | C++ | C# | Node.js | PostgreSQL | React
Suxrob Xaydarov — kuchli Backend bilimlari va Frontend ko‘nikmalariga ega tajribali fullstack dasturchi. U C++ va C# asosida yuqori yuklama ostida ishlovchi tizimli yechimlar ishlab chiqqan. Shuningdek, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, tizim xavfsizligi va kod sifati bo‘yicha katta tajribaga ega.
IT Park doirasidagi loyihalarda jamoaviy ishlash, texnik topshiriqlarni o‘z vaqtida va yuqori sifat bilan bajarish, hamda Frontend texnologiyalari asosida funksional web-ilovalar yaratish bo‘yicha samarali faoliyat yuritgan. U real loyihalar asosida Backend va Frontend arxitekturalarni uyg‘unlashtirib, kompleks tizimlarni ishlab chiqqan.
Backend va Frontend dasturlash, tizimli yechimlar ishlab chiqish, kod strukturalash va optimallashtirish, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, REST API’lar, tizim xavfsizligi, CI/CD jarayonlari, mo‘dullararo integratsiya va masshtablashtiriladigan web-ilovalar yaratish..
HTML, CSS, JavaScript, React, C++, C#, Java, .NET, Node.js, Express.js, REST API, PostgreSQL, MongoDB, JWT, Docker
Frontend Developer | React | Next.js | TypeScript | UI
Xasan Djuraev — zamonaviy Frontend yechimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan tajribali dasturchi. U React va Next.js asosida komponentli arxitekturaga ega web-ilovalarni ishlab chiqqan, foydalanuvchi interfeysi, ma’lumotlar oqimini boshqarish va UI/UX dizayn tizimlari bilan faol ishlagan.
U bir nechta murakkab admin panel va interfeyslarni mustaqil tarzda loyihalashtirgan, Tailwind CSS, Material UI, AntDesign kabi kutubxonalarni mukammal o‘zlashtirgan va Redux Toolkit, Zustand yordamida state management’ni samarali tashkil qilgan. Web-ilova funksionalligini React Query orqali Backend bilan integratsiya qilgan.
Frontend dasturlash, komponentlar asosida web-arxitektura qurish, Next.js asosida SSR/CSR yondashuvlari, UI dizayn tizimlari bilan ishlash, RESTful API integratsiyasi, versiyalarni boshqarish, texnik dokumentatsiya va yakka tartibdagi loyihalarning to‘liq Frontend ishlab chiqish jarayonlarini yuritish.
HTML5, CSS3, SCSS, Bootstrap5, JavaScript, TypeScript, React, Next.js, Tailwind CSS, React Query, REST API, Json, Postman, Yarn, NPM, Git, GitHub
Ta’lim dasturlarining rahbari | Metodist
Zamonaviy ta’lim yondashuvlari va raqamli pedagogika bo‘yicha chuqur tushunchaga ega ekspert. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish, metodistlar jamoasini boshqarish, online va offline ta’lim jarayonlarini tashkil etish, IT-kurslarni noldan yaratish va joriy etish bo‘yicha katta tajribaga ega. Shuningdek, o‘quv muhiti loyihalash, metodik materiallar tayyorlash, kontent sifatini nazorat qilish, teskari aloqani yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda murakkab texnik mavzularni turli auditoriyalar uchun moslashtirishda faol ishlaydi.
IT-ta'lim metodologiyasi, ta'lim dasturlarini boshqarish, o‘quv kurslarini ishlab chiqish, ta’limiy kontent dizayni, sifat auditi, glossariylar va testlar yaratish, pedagogik dizayn, EdTech vositalari, loyiha asosidagi o‘qitish.
LMS platformalari, Notion, Trello, Miro, Figma, Canva, Google Workspace, MS Office, Confluence
UX/UI | Figma
Umida Umarxo‘jayeva — foydalanuvchiga qulay, intuitiv va vizual jihatdan jozibador interfeyslar yaratishga ixtisoslashgan iqtidorli UX/UI dizayner. U prototiplar ishlab chiqish, foydalanuvchi ssenariylarini loyihalash va dizaynni turli platformalarga (veb va mobil qurilmalar) moslashtirish bo‘yicha tajribaga ega.
O‘z ishida Umida foydalanuvchi tajribasiga katta e’tibor qaratadi — u maqsadli auditoriyani o‘rganadi, foydalanuvchilarning muammolarini aniqlab, ularni o‘ylangan vizual yechimlarga aylantiradi. U zamonaviy dizayn tizimlari yondashuvlaridan faol foydalanadi hamda mahsulot yaratishning barcha bosqichlarida dasturchilar va buyurtmachilar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
UX tadqiqotlari, foydalanuvchi ssenariylari, wireframe’lar, vizual dizayn, dizayn-fikrlash, prototiplashtirish, moslashuvchan dizayn, dizayn tizimlari, Frontend jamoasi bilan hamkorlik.
Figma, FigJam, Adobe XD, Miro, Notion, Trello, Photoshop, Illustrator, Zeplin
UX/UI и продуктовый дизайнер | Менеджер проектов
AbexLab studiyasining asoschisi va rahbari. Jamoa raqamli mahsulotlar ishlab chiqish, UX/UI dizayn, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt (AI) yechimlarini joriy etishga ixtisoslashgan.
Arslan mahsulot strategiyasi, foydalanuvchi tajribasi, vizual uslub va loyihalarni boshidan oxirigacha boshqarish uchun javob beradi. Dizayn, dasturlash va biznes maqsadlar orasida samarali hamkorlikni ta’minlaydi.
U turli sohalardagi mijozlar bilan ishlagan — ta’lim, psixologiya, e-commerce, avtomatlashtirish va IT mahsulotlar. Tizimli tafakkur, detallarga e’tibor va natijaga yo‘naltirilganlik bilan ajralib turadi.
UX/UI dizayn, AI/ML, Figma, Frontend, Tizimli dizayn yondashuvlari
Cybersecurity | Real-Time Cyber Threat Detection
Sadriddin Mamatov — axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspert bo‘lib, kiberxavflarni aniqlash va tahlil qilish, hodisalarni monitoring qilish hamda axborot tizimlarining real vaqt rejimida barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega. Tizimga noqonuniy kirishlarni aniqlash, loglar korrelyatsiyasi va hodisalarga javob berish bo‘yicha chuqur bilimga ega.
Uning asosiy tajribasi — real-time xavflarni aniqlash arxitekturalarini qurish, ogohlantirishlar va korrelyatsiya qoidalarini sozlash hamda shubhali tarmoq faolligini tahlil qilishdir. Ish faoliyatida u open-source vositalaridan ham, korporativ darajadagi yechimlardan ham foydalanadi — bu yondashuv xavflarni oldini olish va ularni tezda aniqlab, zararsizlantirishga qaratilgan.
Kiberxavfsizlik, hodisalarga javob berish, real vaqtli monitoring, tarmoq trafigini tahlil qilish, SIEM tizimlari, log-analitika, zaifliklarni boshqarish, xavfsiz infratuzilmani qurish, tahdidlar razvedkasi (threat intelligence).
Suricata, Wazuh, ELK Stack, Splunk, Snort, Wireshark, pfSense, OSSIM, MISP, CrowdSec, OpenVAS, Kibana, Graylog, Linux, Bash, Python (для автоматизации), TCPDump
Cybersecurity | Real-Time Cyber Threat Detection
Ziyovuddin Yusupov — axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspert bo‘lib, kiberxavf-xatarlarni kuzatish va ularga tezkor javob berishga ixtisoslashgan. Korporativ infratuzilmani himoya qilish tizimlarini yaratish, tajovuzlarni aniqlash vositalarini sozlash hamda real vaqt rejimida xavfsizlik hodisalarini tahlil qilish bo‘yicha tajribaga ega.
U IDS/IPS tizimlari, SIEM platformalari, threat intelligence xizmatlari va log-analitika kabi keng ko‘lamli texnologiyalar bilan ishlaydi. Kiberxavfsizlik markazlarini (SOC) yaratish, axborot xavfsizligi siyosatlarini shakllantirish, insidentlarga javob berish ssenariylarini tuzish va tarmoq trafigidagi anomal holatlarni aniqlashda ishtirok etgan.
Real vaqt rejimidagi tahdidlarni aniqlash, insidentlarni boshqarish, SOC (kiberxavfsizlik markazlari)ni qurish va rivojlantirish, xavfsizlik hodisalarini tahlil qilish, xavfsizlik protokollari, trafik monitoringi, hujumlarni oldindan aniqlash, aktivlar va log fayllarini boshqarish.
Suricata, Zeek, Wazuh, Splunk, ELK Stack, AlienVault OSSIM, Snort, Wireshark, pfSense, MISP, Sigma, Graylog, Kibana, OpenVAS, Linux, Bash, PowerShell, NetFlow, Sysmon
Project Manager | Business Analyst
4 yillik IT sohasidagi tajribaga ega loyiha menejeri va biznes-analitik. Webnow va Eurosoft kompaniyalarida faoliyat yuritgan. Sog‘liqni saqlash sohasi uchun raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish loyihalarida ishtirok etgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Uzinfocom va AICA kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda yirik loyihalarni boshqargan. Dasturiy ta’minot ishlab chiqish, texnik topshiriqlarni shakllantirish, loyiha rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha chuqur amaliy tajribaga ega. Agile metodologiyalari asosida ishlovchi jamoalarni boshqarib kelmoqda.
Loyiha boshqaruvi, operatsion menejment, biznes-analitika, Scrum-jarayonlarini boshqarish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘limlarini boshqarish.
ClickUp, Jira, Figma, Notion, Miro, BPMN, loyihalarni to‘liq hayotiy sikl bo‘yicha boshqarish, Agile, Scrum, Kanban.
DevOps Engineer | CI/CD | Kubernetes | Cloud & Automation Specialist
O'tkir Sultanov — 5+ yillik tajribaga ega DevOps mutaxassisi. Pronetwork, Unicon.uz, Tengebank va boshqa bir qator tashkilotlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qilgan. Har bir loyihada infratuzilmani avtomatlashtirish, xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta'minlash va xavfsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratgan.
CI/CD pipeline’lar yaratish, konteynerlashtirish, Kubernetes klasterlarini boshqarish, monitoring tizimlarini joriy qilish hamda bulutli va lokal infratuzilmalar o‘rtasida uzviy integratsiyani ta’minlash bo‘yicha kuchli amaliy tajribaga ega.
DevOps va tizim avtomatlashtirish, CI/CD, mikroxizmatlar arxitekturasi, monitoring va loglash, xizmatlar tarmog‘i (Service Mesh), DevSecOps, xavfsizlikni boshqarish, infrastruktura optimallashtirish.
Docker, Kubernetes, Helm, GitLab CI/CD, Jenkins, ArgoCD, Ansible, Terraform, Prometheus, Grafana, ELK Stack, HashiCorp Vault, AWS, GCP, Keycloak, PostgreSQL, MinIO, Python, Bash, Nginx, Harbor va boshqalar
Penetration Tester | Ethical Hacker
1,5 yillik amaliy tajribaga ega penetration tester va ethical hacker sifatida tarmoq infratuzilmasi va veb-ilovalardagi zaifliklarni aniqlash, ekspluatatsiya qilish hamda xavfsizlikni oshirish bo‘yicha samarali yechimlar ishlab chiqgan. Real muhitda EDR bypass, Active Directory zaifliklari, social engineering va red team simulyatsiyalari bo‘yicha chuqur amaliy tajribaga ega. Freelancer sifatida mahalliy va xorijiy mijozlarga xavfsizlik auditi va pentesting xizmatlarini taqdim etadi.
Penetration Testing (VA/PT), Ethical Hacking, Web Application Security (XSS, SQLi, LFI, RCE), Tarmoq xavfsizligi va monitoring, Red Team / Blue Team, Active Directory ekspluatatsiyasi, Social Engineering, Threat Detection & Incident Response, Script yozish va avtomatlashtirish.
Kali Linux, Windows, Metasploit, Burp Suite, Nmap, Wireshark, Nessus, SQLMap, BloodHound, CrackMapExec, Responder, Evil-WinRM, Python, OSINT, SIEM.
Python | Java | C | C++ Middle Developer
Azizbek Rahimjonov — dasturiy va apparat ta’minoti muhandisi bo‘lib, katta ma’lumotlar (big data), ma’lumotlarni tahlil qilish (data analytics) va mobil ilovalarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega.
Murakkab muammolarni hal qilish, jamoaviy ishlash va innovatsion yechimlar yaratish bo‘yicha faol. Block Constructor loyihasi doirasida blokli tizimlar va texnologik yechimlar ishlab chiqishga jalb etilgan. IT Park Tashkentning yosh texnologlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar orqali keng ko‘lamli tajriba orttirgan.
Big Data va Data Analytics, mobil ilovalar ishlab chiqish, robototexnika, texnologik prototiplashtirish, AR/VR, dasturiy-apparat tizimlar, interaktiv ta’lim platformalari va kreativ muhitlarda ishlash.
Python, Java, C++, C, Django, Android, WPILib
Backend Developer
Nomonjon Rahimov — 3+ yillik tajribaga ega backend dasturchi bo‘lib, asosan Oracle asosidagi tizimlar, analitik platformalar va yuqori yuklama ostida ishlovchi backend servislarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. U biznes jarayonlarini texnik yechimlarga aylantirish, tizimlarni optimallashtirish va scalable arxitekturalar yaratishda tajribaga ega.
Fido-Biznes kompaniyasida u ITSM tizimlarini ishlab chiqish, sozlash va integratsiya qilish ustida ishlagan. Backend logika yozish, workflowlar yaratish va tizimlararo integratsiyalarni amalga oshirish orqali ishonchli va kengaytiriladigan xizmat jarayonlarini ta’minlagan.
Backend development, Oracle PL/SQL, SQL optimizatsiya, API development, tizim integratsiyasi, ITSM yechimlar, yuqori yuklama ostida ishlovchi tizimlar
SQL, Oracle PL/SQL, PostgreSQL, Java, Python, Django, Spring Framework, Git
Java | Spring Boot | PostgreSQL | Backend Developer
Dohatec New Media kompaniyasida Backend dasturchi sifatida faoliyat olib borgan. Ushbu kompaniya e-hukumat va raqamli transformatsiya yo‘nalishlariga ixtisoslashgan.
Tizimlar uchun xavfsiz Backend xizmatlar ishlab chiqqan, RESTful API’lar yaratgan va uchinchi tomon API’lari bilan integratsiyalarni amalga oshirgan. JWT (JSON Web Token) orqali rolga asoslangan xavfsizlikni joriy qilgan, PostgreSQL ma’lumotlar bazasi va Docker bilan kengaytiriladigan yechimlarni ishga tushirgan.
Java, Spring Boot, RESTful APIs, JWT, PostgreSQL, Docker, Git
Tajribali IT-mutaxassislar, tahlilchilar va menejerlarni bilim ulashishga tayyor bo‘lgan mentorlar sifatida kelajakdagi professionallarni yetishib chiqarishga taklif qilamiz.
Agar Sizda kuchli loyihalar, amaliy tajriba va yangi avlodni shakllantirish istagi bo‘lsa — o‘z rezyumeyingizni yuboring va IT Loyihalar mentorlar jamoasining bir qismiga aylaning.
CV yuborishUshbu sayt foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, tahlil qilish va kontentni shaxsiylashtirish uchun cookie fayllardan foydalanadi! Saytdan foydalanishni davom ettirib, Siz bizning Maxfiylik siyosatimizga rozilik bildirasiz.
SO‘ROVINGIZ QABUL QILINDI!
Bizning menejerlarimiz Siz bilan ish vaqtida bir soat ichida bog‘lanishadi. Shuningdek, Siz biz bilan +998 71 201-11-99 raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.
SO‘ROVINGIZ QABUL QILINDI!
Bizning menejerlarimiz Siz bilan resumeyingiz bilan tanishib chiqib bog‘lanishadi. Shuningdek, Siz biz bilan +998 71 201-11-99 raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.