Node.js developer
Node.js asosida ilovalar yaratish — API va bazalar bilan ishlashdan tortib, TypeScript yordamida kengaytiriladigan yechimlar ishlab chiqishgacha bo‘lgan ko‘nikmalar.
Node.js asosida ilovalar yaratish — API va bazalar bilan ishlashdan tortib, TypeScript yordamida kengaytiriladigan yechimlar ishlab chiqishgacha bo‘lgan ko‘nikmalar.
2025 yilgi dastur — mavzular har 6 oyda yangilanadi
Darsdan tashqari mentor yordami — mentorlar darslar oralig‘ida ham savollarga javob berishadi
Haqiqiy keyslar tahlili — amaliy vazifalar real tijorat loyihalaridan olinadi
Git-portfoliolingiz uchun 2 ta loyiha — o‘qish yakunida tayyor repozitoriyalar
Kurs haqida
9 200 000 so‘mAloqa oddiy va tushunarli: hammasi jonli muloqot va messenjerlar orqali amalga oshiriladi.
Dars jadvalidan tortib o‘qishni muvofiqlashtirishgacha bo‘lgan barcha tashkiliy ishlarni qo‘llab-quvvatlash jamoasi o‘z zimmasiga oladi, Siz esa e’tiboringizni o‘qish va rivojlanishga qaratishingiz mumkin.
IT-sertifikat
Bu kurs kimlar uchun?
Kurs hozircha dasturlash tajribasiga ega bo‘lmagan, biroq zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni egallashga intilayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Ta’lim jarayoni noldan boshlanadi va Node.js platformasining asoslarini qamrab oladi, bu esa mustahkam texnik bazani shakllantirishga yordam beradi. Olingan bilimlar dasturlashni professional faoliyatda ishonch bilan qo‘llash imkonini beradi.
IT sohasida allaqachon faoliyat yuritayotganlar — analitiklar, testlovchilar, muhandislar uchun Node.js yordamida rutinga aylangan vazifalarni avtomatlashtirish, Backend-dasturlashni chuqurroq o‘rganish, skriptlar yaratish, server tomoni mantig‘i bilan ishlash va professional ko‘nikmalarni mustahkamlash mumkin — hozirgi rolingizdan qat’i nazar.
Nimalarni o‘rganasiz?
Siz kod satrlari ortida nima turganini tushunib olasiz: o‘zgaruvchilar, shartlar, sikllar, funksiyalar va klasslar qanday ishlashini o‘rganasiz. Dastur qismlari qanday bog‘langanini tushunasiz va dasturchi kabi fikrlashni o‘zlashtirasiz — mantiqiy, bosqichma-bosqich va tuzilmaviy tarzda. Bu bilimlar har qanday IT-soha uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Siz g‘oyalarni ishlaydigan loyihalarga aylantirishni o‘rganasiz — oddiy avtomatlashtirishdan tortib to‘liq funksional veb-ilovagacha. Mentorlar Sizni butun jarayon bo‘ylab olib borishadi: vazifani qo‘yish, kod yozish, nosozliklarni tuzatish va taqdimot qilish. Yaratgan barcha loyihalaringiz portfoliolingizda qoladi va karyera yo‘lingizni ishonchli boshlashga yordam beradi.
Siz real IT-loyihalarda jamoa bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘zlashtirasiz. Texnik topshiriqni o‘qish va tushunishni, vazifalarni kelishishni, o‘zgartirishlar kiritishni va boshqa ishtirokchilar bilan samarali muloqot qilishni o‘rganasiz. Har bir bosqichda mentorlar Sizga real ishdagi kabi fikr-mulohaza bildiradilar.
Node.js texnologik steklari
Node.js
JavaScript
TypeScript
React
Git
«Node.js developer» kursining o‘quv dasturi
1. Node.js arxitekturasiga kirish
- Node.js imkoniyatlari va qo‘llanilishi
- Bir oqimli ishlash, bloklanmaydigan I/O
- Amaliyot: birinchi Node.js ilovasini yaratish
2. Event Loop va asinxronlik
- Event Loop mexanizmi: Call Stack, Callback Queue
- Microtasks va Macrotasks, setTimeout, process.nextTick
- Amaliyot: bajarilish tartibini ko‘rsatish
3. Oqimlar (streams) va buferlar
- Readable va Writable oqimlar bilan ishlash
- Node.js’dagi buferlar va kodlash
- Pipe: oqimlar orasida ma’lumot uzatish
4. Kesh bilan ishlash
- Kesh nima va nima uchun kerak?
- Redis: o‘rnatish, asosiy buyruqlar
- Amaliyot: API javoblarini keshlash
5. Node.js mo‘dullari
- CommonJS va ESModules farqi
- Mantiqni mo‘dullar bo‘yicha ajratish
- Monorepo bilan ishlash (Nx yoki Turborepo – umumiy ko‘rinish)
6. Xatoliklarni qayta ishlash va log yuritish
- try/catch, async xatoliklar bilan ishlash
- Winston, Pino – ishlab chiqarishdagi loggerlar
- Amaliyot: markazlashtirilgan xatoliklarni qayta ishlash
7. Express.js – chuqur o‘rganish
- Dastur yaratish va sozlash
- Middleware: tartibi va zanjiri
- Amaliyot: middleware qo‘lda ulash
8. Routing
- Oddiy va ichki yo‘nalishlar
- Express.Router – mo‘dulli routing
- Parametrlar va query bilan ishlash
9. REST API – arxitektura
- Controller / Service / Repository ajratilishi
- Shablonlar: MVC, Clean Architecture
- Amaliyot: Users uchun REST API
10. Validatsiya va xavfsizlik
- express-validator va Joi
- Helmet va rate-limit
- Amaliyot: himoyalangan endpointlar
11. JWT va avtorizatsiya
- JWT mexanizmi, access/refresh tokenlar
- Avtorizatsiya va rollar uchun middleware
- Ro‘yxatdan o‘tish va login
12. API hujjatlari
- Swagger/OpenAPI – tuzilmasi
- Swagger UI sozlash
- Postman kolleksiyalari va test-case’lar
13. MongoDB va Mongoose
- Sxemalar, modellar va bog‘lanishlar (populate)
- CRUD amallari
- Indekslar, validatsiya va virtual maydonlar
14. PostgreSQL va Sequelize
- Ulash, modellar va migratsiyalar
- Bog‘lanishlar (1:1, 1:M, M:N)
- Murakkab so‘rovlar va agregatsiyalar
15. Knex.js
- Sozlash va konfiguratsiya
- Query Builder: select, join, where
- Migratsiyalar va seeds
16. Ma’lumotlar modellashtirish
- Normalizatsiya va denormalizatsiya
- Talablarga mos sxemalar yaratish
- Amaliy ish: e-commerce bazasi
17. Replikatsiya va zaxiralash
- Replikatsiya strategiyalari
- Zaxira nusxasi olish: mongodump / pg_dump
- Tiklash va migratsiyalar
18. Ko‘p bazali integratsiya
- Mongo va SQLni birga ishlatish
- Konnektor mo‘dullari va sozlash
- Amaliyot: ikkita bazaga xizmat ko‘rsatish
19. WebSocket
- HTTP va WS farqi
- Socket.io – klient va server
- Amaliyot: chat yaratish
20. Bull.js – vazifalar navbati
- Redis va Bull asoslari
- Takrorlash, kechiktirish, cheklash
- Bull Board UI
21. Cron vazifalar
- node-cron va Agenda.js
- Misollar: hisobotlar, avtomatik xabarlar
- Amaliyot: email navbatini qayta ishlash
22. Bildirishnomalar
- Email yuborish (Nodemailer)
- SMS va tashqi API’lar (Twilio)
- Push-bildirishnomalar va yetkazib berish strategiyasi
23. Voqealarga asoslangan arxitektura
- EventEmitter va maxsus voqealar
- Mikroxizmatlarda voqealarni qayta ishlash
- Amaliyot: notification bus
24. Tashqi API’lar va barqarorlik
- axios va xatoliklarni boshqarish
- Retry strategiyalari va Circuit Breaker
- Amaliyot: OpenWeather bilan integratsiya
25. Clean Architecture
- ENV konfiguratsiyasi va struktura
- Qatlamlar: domain, infra, app
- Amaliyot: Clean Architecture asosida refaktor
26. Mikroxizmatlar va gRPC
- gRPC va protobuf nima?
- Ulash va o‘zaro aloqa
- REST va gRPC farqlari
27. CI/CD
- GitHub Actions: deploy + testlar
- GitLab CI: pipeline’lar
- Amaliyot: Node.js uchun avtomatik deploy
28. Docker
- Dockerfile, volumes, networks
- docker-compose va multi-container
- Amaliyot: build va run
29. Kubernetes (umumiy)
- Pods, Deployments, Services
- Helm charts va deploy
- k8s Dashboard bilan ishlash
30. Monitoring
- Prometheus metrikalari
- Grafana: dashboards
- Amaliyot: health-check va alerts
31. CRM loyihasiga tayyorgarlik
- Rejalashtirish va rollar
- Repozitoriy va tuzilmani yaratish
- Vazifalar va doskalar bilan ishlash (Jira/Trello)
32. Autentifikatsiya
- Ro‘yxatdan o‘tish va kirish
- JWT va yo‘llarni himoya qilish
- Rollar va ruxsatlar
33. Biznes mantiq
- Mahsulotlar va buyurtmalar: CRUD
- Hisobotlar va filtrlar
- Grafiklar ulash (Chart.js)
34. Reaktivlik
- WebSocket: bildirishnomalar
- Bull: fon vazifalari
- Email bildirishnomalari
35. Code Review
- Kodni optimallashtirish va refaktoring
- Testlar bilan qamrab olish
- Xavfsizlik tekshiruvlari
36. Loyiha himoyasi
- Loyihani namoyish qilish
- Savol-javob
Bizning mentorlar
Kurs narxi
- O‘qitish formati: an’anaviy (offline) yoki online
- Har bir o‘quv guruhi uchun alohida yopiq guruh
- Darslar davlat axborot tizimlariga moslashtirilgan
- Amaliy loyiha ustida ishlash
- O‘quv materiallariga cheksiz kirish
- Rasmiy sertifikat
Xalqaro IT-sertifikat
Kursni yakunlaganingizdan so‘ng Siz xalqaro sertifikatga ega bo‘lasiz, u Sizning tayyorgarlik darajangiz va amaliy ko‘nikmalaringizni tasdiqlaydi. Bu Siz shunchaki o‘qimaganingizni, balki zaruriy vositalarni haqiqatan ham o‘zlashtirganingizni ko‘rsatadi.
Sertifikatni LinkedIn profiliga biriktirish mumkin, shuningdek, u malaka oshirish hujjati sifatida hisobotlarda yoki ichki attestatsiyada ishlatilishi mumkin.
Bizning ta’lim dasturlarimiz «Raqamli O‘zbekiston – 2030» davlat strategiyasi (PQ-6079)ni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga hamda davlat organlari, banklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan. Biz zamonaviy talablar bilan mos keladigan raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatamiz va bu bilimlarni darhol ish jarayonida qo‘llash imkonini beramiz.
Biz mutaxassislarni real raqamli ish muhitiga tayyorlaymiz — hozirdanoq samaradorlikni oshiradigan vositalar bilan ishlashga yo‘naltiramiz.
Biz 1 100+ davlat xizmatchilarini
o‘qitdik
Ko‘p beriladigan savollar
O‘qitish an’anaviy (offline) yoki online formatda o‘tkaziladi. Har ikkala holatda ham darslar jonli tarzda, real vaqt rejimida mentorlar tomonidan olib boriladi.
Buyurtmachining xohishiga qarab, kurslar o‘zbek yoki rus tilida olib boriladi.
Ha, ushbu kurslar to‘liq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga mos keladi. Dasturlar raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan.
O‘qitish faqat yuridik shaxslarga taqdim etiladi — vazirliklar, davlat byudjeti va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat va davlat banklariga.
Davlat tashkilotlari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha shartnomalarni xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz yoki cooperation.uz davlat xaridlari elektron tizimi orqali tuzishlari mumkin.
Bu rasmiy, shaffof va yuridik jihatdan to‘g‘ri hamkorlik shaklini ta’minlaydi.
To‘lov kurs yakunlangach, rasmiy sertifikatlar topshirilgandan so‘ng 100% miqdorda amalga oshiriladi. Bu tashkilotlar uchun qo‘shimcha kafolat hisoblanadi.
Kurs muvaffaqiyatli tugallangach va yakuniy imtihon topshirilgandan so‘ng, tinglovchilarga xalqaro sertifikatlar beriladi.
Shuningdek, barcha tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahalliy sertifikatni ham olishadi.
An’anaviy (offline) mashg‘ulotlar uchun barcha jihozlar joyida taqdim etiladi. Online format uchun esa ishtirokchilarda internetga ulangan kompyuter yoki noutbuk bo‘lishi kerak.