IBM Data Analyst
IBM muhitida ma’lumotlar tahlili vosita va metodlarini o‘rganish — qayta ishlash, vizualizatsiya, hisobot tuzish va qaror qabul qilishgacha.
IBM muhitida ma’lumotlar tahlili vosita va metodlarini o‘rganish — qayta ishlash, vizualizatsiya, hisobot tuzish va qaror qabul qilishgacha.
2025 yilgi dastur — mavzular har 6 oyda yangilanadi
Darsdan tashqari mentor yordami — mentorlar darslar oralig‘ida ham savollarga javob berishadi
Haqiqiy keyslar tahlili — amaliy vazifalar real tijorat loyihalaridan olinadi
Git-portfoliolingiz uchun 2 ta loyiha — o‘qish yakunida tayyor repozitoriyalar
Kurs haqida
8 500 000 so‘mAloqa oddiy va tushunarli: hammasi jonli muloqot va messenjerlar orqali amalga oshiriladi.
Dars jadvalidan tortib o‘qishni muvofiqlashtirishgacha bo‘lgan barcha tashkiliy ishlarni qo‘llab-quvvatlash jamoasi o‘z zimmasiga oladi, Siz esa e’tiboringizni o‘qish va rivojlanishga qaratishingiz mumkin.
IT-sertifikat
Bu kurs kimlar uchun?
Agar Siz ma’lumotlar bilan ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, IBM Data Analyst kursi aynan Siz uchun. Siz Python, Excel, SQL, va Data Visualization vositalarini chuqur o‘rganasiz, real ma’lumotlar asosida tahlil yuritish va dashboards yaratishni o‘zlashtirasiz. Kurs yakunida Siz kuchli analitik fikrlash va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
IBM Data Analyst kursi nafaqat yangi boshlovchilar, balki o‘z sohasida ma’lumotlardan samarali foydalanmoqchi bo‘lgan amaldagi mutaxassislar uchun ham mos. Agar Siz moliya, marketing, IT yoki boshqaruvda ishlasangiz — bu kurs orqali ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, vizualizatsiya va tahlil qilish bo‘yicha ilg‘or vositalarni o‘zlashtirasiz.
Nimalarni o‘rganasiz?
Siz Excel, Google Sheets, SQL va Python (Pandas) yordamida ma’lumotlarni yig‘ish, tozalash va tahlilga tayyorlashni o‘rganasiz. Shuningdek, ma’lumotlardagi bo‘sh qiymatlarni qayta ishlash, filtrlashtirish, formatlash va ularni tahlil uchun qulay ko‘rinishga keltirish usullarini egallab, ma’lumotlar bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.
Siz Matplotlib, Seaborn, Power BI va Tableau yordamida tushunarli vizualizatsiyalar hamda interaktiv dashboardlar yaratishni o‘rganasiz. Shuningdek, tendensiyalarni aniq ko‘rsatadigan, biznes jamoalariga qaror qabul qilishda yordam beradigan tahliliy hisobotlar tayyorlash va natijalarni samarali taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.
Siz asosiy statistik usullarni — o‘rtacha qiymat, dispersiya, korrelyatsiya va chiziqli regressiyani o‘zlashtirasiz hamda Scikit-Learn yordamida Machine Learning’ning boshlang‘ich modellarini yaratishni o‘rganasiz. Bu ko‘nikmalar ma’lumotlar orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash, tendensiyalarni tushunish va kelajak natijalarni prognoz qilishda ishonchli tahlil qilish imkonini beradi.
IBM Data Analyst texnologik steklari
IBM Watson Studio
Python
Matplotlib
Scikit-learn
Seaborn
«IBM Data Analyst» kursining o‘quv dasturi
1. Data Analytics va uning IBM ekotizimidagi o‘rni
- Data Analytics tushunchasi va turlari
- IBM ekotizimida analitik vositalar
2. Ma’lumotlar turlari va ularning xususiyatlari
- Nominal, ordinal, interval va ratio turlari
- Ma’lumot turlarini tahlil qilish va tanlash
3. Excel va Google Sheets’da asosiy Data Analytics vositalari
- Formula va funksiyalar bilan ishlash
- Pivot Table va ma’lumot vizualizatsiyasi
4. SQL orqali ma’lumotlarni olish va manipulyatsiya qilish
- SELECT, WHERE, JOIN operatorlari
- Filtrlash va ma’lumotni tahlil qilish amaliyoti
5. Ma’lumotlarni tozalash va pre-processing tamoyillari
- Tozalanmagan ma’lumotlardagi muammolar
- Pre-processing bosqichlari va usullari
6. Python’da Pandas kutubxonasi bilan ishlash
- DataFrame va Series tushunchasi
- Ma’lumotlarni o‘qish, tahrirlash va filtrdan o‘tkazish
7. Data Cleaning va Missing Values muammolarini hal qilish
- Missing values aniqlash va to‘ldirish
- Outlier’larni aniqlash va tozalash
8. Data Formatting va Normalization
- Data formatting va standardization usullari
- Scaling va normalization texnikalari
9. Ma’lumotlarni tushunish uchun vizualizatsiyaning roli
- Vizualizatsiyaning maqsadi va foydalari
- Ma’lumotlarni grafiklar orqali oson tushunish
10. Matplotlib va Seaborn kutubxonalari bilan grafiklar chizish
- Matplotlib va Seaborn bilan asosiy vizualizatsiya turlari
- Diagrammalar va grafiklar yaratish
11. Power BI va Tableau yordamida dashboard yaratish
- Power BI va Tableau interfeysi va imkoniyatlari
- Interactive dashboards yaratish va KPIlarni vizualizatsiya qilish
12. Hisobot tayyorlash va vizualizatsiya strategiyalari
- Hisobotlar tayyorlashda ma’lumotlarni samarali vizualizatsiya qilish
- Vizualizatsiya strategiyalarini tanlash va amaliyoti
13. Statistik asoslar: Mean, Median, Mode, Variance, Standard Deviation
- Asosiy statistik o‘lchovlar: Mean, Median, Mode
- Variance va Standard Deviation tushunchalari
- Statistik o‘lchovlarni hisoblash va tahlil qilish
14. Korrelatsiya va regressiya tahlili
- Korrelatsiya tushunchasi va tahlili
- Linear regressiya modeli va uni Python yordamida amalga oshirish
15. Python’da Scikit-Learn yordamida asosiy ML modellari
- Scikit-Learn kutubxonasi bilan tanishish
- Klassifikatsiya va regressiya modellari
- Ma’lumotlarni o‘rgatish va bashorat qilish
16. IBM Watson Studio’da Data Science amaliyoti
- IBM Watson Studio interfeysi va imkoniyatlari
- Real ma’lumotlar bilan ishlash va modellash
- Data Science jarayonlarini IBM Watson Studio yordamida amalga oshirish
17. Jupyter Notebook va Google Colab’dan foydalanish
- Jupyter Notebook interfeysi va asosiy imkoniyatlari
- Google Colab’da ma’lumotlar tahlili
- Jupyter Notebook’da kod yozish va natijalarni vizualizatsiya qilish
18. Python’da ma’lumotlar bilan avtomatlashtirilgan ishlash
- Python yordamida avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tahlili jarayonlari
- Automatizatsiya kutubxonalari: Pandas, NumPy, SciPy
19. API va Web Scraping orqali ma’lumot olish
- API bilan ishlash va JSON formatdagi ma’lumotlarni olish
- BeautifulSoup va Selenium yordamida Web Scraping
- Ma’lumotlarni online manbalardan olish va ishlatish
20. Katta hajmli datasetlar bilan ishlash strategiyalari
- Katta hajmli datasetlarni tahlil qilishda yuzaga keladigan muammolar
- Big data uchun optimallashtirish va samarali ishlash
- Hadoop va Spark kabi texnologiyalar bilan integratsiya
21. Amaliy loyiha: Ma’lumotlarni tozalash va tahlil qilish
- Ma’lumotlar tozalash va tayyorlash jarayonini amalga oshirish
- Missing values va outlier’larni bartaraf etish
- Data transformation va normalizatsiya
22. Amaliy loyiha: Data Visualization va Dashboard yaratish
- Power BI va Tableau yordamida dashboard yaratish
- Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish uchun eng yaxshi amaliyotlar
- Interactive charts va KPIlar bilan ishlash
23. IBM Data Analyst sertifikat imtihoniga tayyorgarlik
- IBM Data Analyst sertifikat imtihoniga tayyorlanish
- Imtihon savollarini ko‘rib chiqish va o‘rganish
- Real imtihon sharoitlarini simulyatsiya qilish
24. Yakuniy imtihon va loyiha taqdimoti
- Yakuniy imtihon orqali bilimlarni baholash
- Yakuniy loyiha taqdimoti va o‘z ishlarini baholash
- Sertifikat olish uchun talablar
Bizning mentorlar
Kurs narxi
- O‘qitish formati: an’anaviy (offline) yoki online
- Har bir o‘quv guruhi uchun alohida yopiq guruh
- Darslar davlat axborot tizimlariga moslashtirilgan
- Amaliy loyiha ustida ishlash
- O‘quv materiallariga cheksiz kirish
- Rasmiy sertifikat
Xalqaro IT-sertifikat
Kursni yakunlaganingizdan so‘ng Siz xalqaro sertifikatga ega bo‘lasiz, u Sizning tayyorgarlik darajangiz va amaliy ko‘nikmalaringizni tasdiqlaydi. Bu Siz shunchaki o‘qimaganingizni, balki zaruriy vositalarni haqiqatan ham o‘zlashtirganingizni ko‘rsatadi.
Sertifikatni LinkedIn profiliga biriktirish mumkin, shuningdek, u malaka oshirish hujjati sifatida hisobotlarda yoki ichki attestatsiyada ishlatilishi mumkin.
Bizning ta’lim dasturlarimiz «Raqamli O‘zbekiston – 2030» davlat strategiyasi (PQ-6079)ni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga hamda davlat organlari, banklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan. Biz zamonaviy talablar bilan mos keladigan raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatamiz va bu bilimlarni darhol ish jarayonida qo‘llash imkonini beramiz.
Biz mutaxassislarni real raqamli ish muhitiga tayyorlaymiz — hozirdanoq samaradorlikni oshiradigan vositalar bilan ishlashga yo‘naltiramiz.
Biz 1 100+ davlat xizmatchilarini
o‘qitdik
Ko‘p beriladigan savollar
O‘qitish an’anaviy (offline) yoki online formatda o‘tkaziladi. Har ikkala holatda ham darslar jonli tarzda, real vaqt rejimida mentorlar tomonidan olib boriladi.
Buyurtmachining xohishiga qarab, kurslar o‘zbek yoki rus tilida olib boriladi.
Ha, ushbu kurslar to‘liq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga mos keladi. Dasturlar raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan.
O‘qitish faqat yuridik shaxslarga taqdim etiladi — vazirliklar, davlat byudjeti va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat va davlat banklariga.
Davlat tashkilotlari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha shartnomalarni xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz yoki cooperation.uz davlat xaridlari elektron tizimi orqali tuzishlari mumkin.
Bu rasmiy, shaffof va yuridik jihatdan to‘g‘ri hamkorlik shaklini ta’minlaydi.
To‘lov kurs yakunlangach, rasmiy sertifikatlar topshirilgandan so‘ng 100% miqdorda amalga oshiriladi. Bu tashkilotlar uchun qo‘shimcha kafolat hisoblanadi.
Kurs muvaffaqiyatli tugallangach va yakuniy imtihon topshirilgandan so‘ng, tinglovchilarga xalqaro sertifikatlar beriladi.
Shuningdek, barcha tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahalliy sertifikatni ham olishadi.
An’anaviy (offline) mashg‘ulotlar uchun barcha jihozlar joyida taqdim etiladi. Online format uchun esa ishtirokchilarda internetga ulangan kompyuter yoki noutbuk bo‘lishi kerak.